Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Federer Shveytsariyada yil sportchisi bo‘ldi
Shveytsariyalik tennischi Rodjyer Federer o‘z mamlakatida yil sportchisi deb topildi. Bu haqda Blick nashri xabar tarqatdi.
Jahonning ikkinchi raqamli raketkasi o‘z faoliyatida yettinchi marta Shveytsariyaning eng yaxshi sportchisi deb topilmoqda. Joriy mavsumda Federer 7 titul sohibi bo‘ldi. Jumladan, Uimbldon va Australian Open turnirlarida g‘alaba qozondi.
Federerning ustozi Severin Lyuti yil murabbiyi sifatida taqdirlangan.
Shveytsariyada yilning eng yaxshi ayol sportchisi tog‘ chang‘isi sporti vakili Vendi Xoldener bo‘ldi, u 2017 yilgi jahon chempionatida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi.
Futbol bo‘yicha Shveytsariya terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionatiga yo‘l olgan holda yilning eng yaxshi jamoasi bo‘lgan.
Mavzuga oid
14:10 / 26.05.2025
Shveytsariya G‘azoga yordam fondiga nisbatan tekshiruv boshladi
01:40 / 15.05.2025
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
21:20 / 09.05.2025
Shveytsariyada qo‘shnisining mushugiga ovqat bergan ayol sud qilinmoqda
23:08 / 24.04.2025