Jahon | 00:04 / 11.12.2017
10239
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda 800 yil avval cho‘kib ketgan kemadan qadimiy buyumlar olib chiqildi

Foto: Andrey Nekrasov / imagebroker.com / Globallookpress

Arxeologlar Janubiy Xitoy dengizida 800 yil avval cho‘kib ketgan qadimiy kema – Nanxay №1’dan 21 mingta buyumni sirtga olib chiqishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda The News International nashri xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, kema Sun sulolasi vaqtida yasalgan bo‘lgan.

Kemada topilgan buyumlar orasida chinni, kumush, oltindan ishlangan buyumlar bo‘lgan. Shuningdek, 17 mingtadan ko‘proq mis tanga hamda hayvonlar va o‘simliklar qoldiqlari aniqlangan.

Kema Janubiy Xitoydagi Yantszyan shahri yaqinida topilgan. U deyarli 200 metr chuqurlikda yaxshi saqlangan holatda bo‘lgan. 

Arxeologlar kemaning korpusini saqlab qolishmoqchi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid