Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi Yevropa rekordini takrorladi
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Bavariya»ning sobiq futbolchisi Gerd Myuller tomonidan bir klub safida urilgan gollar bo‘yicha o‘rnatilgan rekordni takrorladi. Bu haqda kataloniyaliklar klubi matbuot xizmati xabar tarqatgan.
Ispaniya chempionatining 15-turida «Vilyarreal»ga qarshi kechgan va 2:0 hisobida g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindagi gollardan biri Messi hisobiga yozildi. Bu gol Messi uchun «Barselona» safida barcha turnirlar doirasida urilgan 525-gol bo‘ldi.
Messi «Barselona» safida 2004 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Myuller «Bavariya» sharafini 1964 yildan 1979 yilgacha bo‘lgan davrda himoya qilgan.
Joriy mavsumda Messi Ispaniya chempionatida 15 uchrashuv o‘tkazdi va 14 gol urib, 4 golga uzatma berdi.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025