Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlarning iqlimga doir qo‘rqinchli taxminlari haqiqat bo‘lib chiqmoqda
Karnegi Instituti iqlimshunoslari global isish haqidagi eng qo‘rqinchli taxminlar haqiqat bo‘lib chiqqanini ma'lum qilishdi. Olimlar bir necha o‘n yillar davomida maxsus sun'iy yo‘ldoshlar yordamida to‘plangan ma'lumotlarni taqqoslashdi - haqiqatda xavf uchun asos bor. Don'tPanic shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi.
Mavjud barcha iqlim modellari qator parametrlar bo‘yicha taqqoslandi. Tadqiqotchilar Yerda aks etgan quyosh nuri miqdori, Yer issiqligining yo‘qotilishi va sayyoramiz atmosferasiga kelib tushuvchi energiyaning umumiy darajasini inobatga olishdi.
Taxminlarga ko‘ra, kelgusi asr boshlariga borib, isish darajasi ancha ko‘tariladi. Taxminan 2100 yilda sayyora iqlimi Tselsiy bo‘yicha 5 darajaga yuqori bo‘ladi, bu esa muzliklarning deyarli erib ketishiga olib keladi.
Mavzuga oid
09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin
21:59 / 10.05.2025
Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi
22:45 / 03.05.2025
Hafta boshida havo harorati ko‘tariladi
16:43 / 20.04.2025