Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyadagi ixtilof hali tugamagan – Mogerini
Suriyadagi ixtilof hanuzgacha davom etmoqda, deb aytdi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 11 dekabrda Suriyaning Hmaymimidagi Rossiya aviabazasiga tashrif buyurdi va Rossiya qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishni boshlashga buyruq berdi. Bundan avvalroq Putin Suriyada IShIDga qarshi urush to‘liq g‘alaba bilan yakunlanganini e'lon qilgandi.
“Suriyadagi ixtilof ba'zilar u tugagani ta'kidlashni istayotgan bo‘lsalar-da, hanuzgacha davom etmoqda. Biz joylarda hali ham janglar borayotgani, tinch aholiga hujumlar qilinayotganini yaxshi bilamiz”, deb aytgan Mogerini Bryusselda jurnalistlarga. Bryusselda Yevropa Ittifoqining 28 ta davlati tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Mogerinining aytishicha, Suriyada urush yakunlangani va mamlakatdagi vaziyat normallashishi haqidagi tasdiqlar “afsuski, asosga ega emas”.
“Biz buning yaqin oylarda haqiqatga aylanishini istaymiz va har qanday ijobiy rivojni – xoh deeskalatsiya hududlari, xoh siyosiy muzokaralarda bo‘lsin – aniq harakatlar bilan qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz”, deb aytgan Mogerini.
Mogerini Yevropa Ittifoqi Jyenevada BMT boshchiligida Suriyadagi ixtilofni tartibga solish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgandan keyingina Suriyani tiklashga investitsiyalar qilishga tayyorligini ta'kidlab o‘tdi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025