Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek ipak mahsulotlari Yevropani zabt etishni boshladi
Avstriya poytaxti Vena shahrida birinchi «O‘zbek-Yevropa Ipak forumi» tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Avstriyadagi elchixonasi Kun.uz'ga xabar bergan.
«O‘zbekipaksanoat» assotsiatsiyasi hamda O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi tashabbusida tashkil etilgan forumda 300ga yaqin soha mutaxassislari, ishlab chiqarish va sanoat vakillari, g‘arb mamlakatlari savdo-sanoat palatasi a'zolari ishtirok etdi. Shuningdek, O‘zbek-Yevropa Ipak forumida YeI a'zo bir nechta davlatlarning investitsiya agentligi, moliyaviy institutlari, jumladan OPEC, UNIDO, FAO vakillari ham faol qatnashdi.
Tashkil etilgan tadbirda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan, xususan «Buxoro Brilliant» va «Surxon ipagi» kompaniya mahsulotlari ishtirokchilarga namoyish etildi. Forumda ishtirok etgan xorijiy mutaxassislarga O‘zbekistonda olib borilayotgan islohot va iqtisodiy rivojlanish haqida so‘zlab bergan «O‘zbekipaksanoat» assotsiatsiyasi raisi Bahrom Sharipov ipak sohasida mo‘ljallangan davlat dasturi haqida fikr bildirgan.
Uning aytishicha, 2021 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida ipak mahsulotlarini ishlab chiqarish va ipakchilikni rivojlantirish samaradorligi 50 foizgacha oshishi rejalashtirilgan. Shuningdek, o‘zbekistonlik ipakchilar italiyalik hamkorlar bilan yangi kelishuvga erishgani haqida ma'lumot berib o‘tdi.
Birinchi O‘zbek-Yevropa Ipak forumi davomida milliy liboslar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Namoyishdan hayratlangan Italiya ipak Assotsiatsiyasi prezidenti Stefano Vitali ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar ushbu sohada ham rivojlanishi uchun tovar reklamasining roli beqiyos ekanini alohida ta'kidlagan.
Mavzuga oid
14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi
15:25 / 30.04.2025
O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin
18:51 / 06.04.2025
Avstriyada sun’iy intellekt universitet talabaligiga qabul qilindi
01:33 / 05.04.2025