Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh rozi. Asad 2021 yilgacha qoladi – OAV
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'muriyati Suriya yetakchisi Bashar Asad o‘z lavozimida 2021 yildagi navbatdagi prezidentlik saylovlariga qadar qolishiga rozi bo‘lishga tayyor. Bu haqda The New Yorker amerikalik va yevropalik amaldorlarga tayangan holda xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, so‘nggi bir necha oy ichida «joylardagi faktlar shunga olib keldiki, Qo‘shma Shtatlar ma'muriyati oilasi Suriyani qariyb yarim asrdan beri boshqarib kelayotgan Asad o‘z lavozimida yana to‘rt yil qolishi mumkinligiga rozi bo‘lgan».
Nashrning ta'kidlashicha, Suriya hukumati va uning xorijiy ittifoqchilari – Rossiya, Turkiya, Eron hamda Livanning «Hezbulloh»i – «bir yil muqaddam bir-biriga aloqador ham bo‘lmagan hududlarni birlashtirishdi» va Asad hukumati Suriyaning aksariyat aholisi ustidan nazorat o‘rnatishga erishdi.
Shuningdek, amerikalik amaldorlarning xavfsirashicha, Asad Suriyada 2021 yildagi saylovlarda g‘alaba qozonishi hamda «hukumat tepasida yana uzoq yillar davomida qolishi» mumkin.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025