Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti necha foizga o‘sishi ma'lum qilindi
Foto: Getty Images
O‘zbekistonning 2017 yildagi real yalpi ichki mahsuloti 6,5 foizga o‘sadi. Bu haqda BMTning “Jahon iqtisodiyoti holati va 2018 yil uchun istiqbollar” deb nomlangan ma'ruzasida aytilgan.
BMTning baholashicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2018 yilda 6,4 foizga, 2019 yilda 6,1 foizga o‘sadi.
Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2017 yilda iste'molchilik narxlari inflyatsiyasi 10,5 foizga, 2018 yilda 8,1 foizga, 2019 yilda esa 7,6 foizga o‘sadi.
Ma'ruza mualliflari MDHda iqtisodiy faoliyat faollashganini ma'lum qilishgan. Hisobotda aytilishicha, O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Armanistonda iqtisodiyot jonlanmoqda.
Prognozlarga ko‘ra, Markaziy Osiyo yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 2017 yilda 2,2 foizni, 2018 yilda 2,3 va 2019 yilda 2,4 foizni tashkil qiladi.
Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyoti pul o‘tkazmalari oqimi oshishi, “Bir kamar – bir yo‘l” tashabbusining amalga oshirilishi, ba'zi hollarda rivojlanishning byudjyet mablag‘laridan moliyalashtirilishi hisobiga MDHning qolgan davlatlaridan tezroq o‘sadi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025