Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018 oldidan Rossiyadagi ba'zi mehmonxonalar narxlarini 10 barobarga ko‘tarib yuborgan
Rossiyadagi ba'zi mehmonxonalar 2018 yilgi jahon chempionati o‘tkazilishi vaqtiga narxlarni 10 barobar ko‘tarib yuborgan. Bu haqda turistik forumda “Rossiyada futbol bo‘yicha FIFA 2018 jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasi” vakili Oksana Tubman ma'lum qildi.
“Muxlislardan mehmonxonalar narxining juda yuqoriligi borasida shikoyatlar tushmoqda, ba'zi 3-4 yulduzli mehmonxonalar narxlarni 10 barobar oshirib yuborishgan. Hozir bunday 38 ta shikoyat qayd qilingan, Moskva borasida hozircha bunday shikoyat tushmagan”, deb aytgan Tubman.
Bundan tashqari, muxlislar jahon chempionatiga qur'a tashlashdan 1-2 oy oldin mehmonxonalarda onlayn-tizimlar orqali xonalarni bronlash imkoni bo‘lmaganidan shikoyat qilishgan, chunki mehmonxonalar xonalarni sotuvga qo‘ymagan. “Ko‘rinishicha, bozor ishtirokchilari qaysi shahar muxlislar orasida eng talabgir bo‘lishini aniqlash maqsadida qur'a tashlash natijalarini kutishgan”, deb ta'kidlab o‘tgan Tubman.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025