Light | 10:40 / 14.12.2017
33694
4 daqiqa o‘qiladi

Fotolavha: Dunyoning siz bo‘lmagan eng jozibali joylari

Dunyoga mashhur National Geographic jurnali har yili dunyoning eng yaxshi fotosuratlarini aniqlaydi. Nashr bu yil jiddiy tanqidchilar hukmiga havola qilingan qariyb 2 mln suratdan 57 tasini tanlab oldi. 

2017 yilgi reytingda an'anaviy ravishda yovvoyi hayvonlar va qushlar, inson qadami yetmagan joylar va ajoyib tabiat hodisalarini aks ettiruvchi suratlar taqdim etilgan edi. «Lenta.ru» sayti o‘quvchilar e'tiboriga g‘olib suratlarning eng qiziqarlilarini havola etmoqda. 

Borneo oroli

Foto: Jayaprakash Joghee Bojan

Erkak orangutan timsohlar to‘la daryoni kesib o‘tishga urinmoqda. Maymunlar uchun bunday jasurlik noyob hodisa, ammo yashab qolish istagi shunday qaltis ishga majbur qiladi.

Avstraliya

Foto: Matthew Smith

Portugaliya kemachasi (Physalia physalis) deb nomlanuvchi umurtqasiz hayvon ufq chog‘ida sohilga yaqinlashmoqda. Mazkur dengiz hayvonining zahri insonga xavfli hisoblanadi. 

Xitoy

Foto: Yuhan Liao

Xitoy shimoli-g‘arbidagi Dushan kanonidagi mineral qoldiqlarda quyosh nurining aks etishi.

Yaponiya

Foto: Lance McMillan

Yaponiya makakalari (Macaca fuscata) qaynoq buloqlar yonida tozalash ishlarini o‘tkazmoqda.

AQSh

Foto: Mike Olbinski

Arizona shtatidagi Grand Kanon milliy parkida yozgi ob-havo.

Vengriya

Foto: Bence Mate

Ikki kulrang laylak burgut hakamligida o‘zaro munosabatlariga oydinlik kiritmoqda.

Farer orollari, Daniya

Foto: Wojciech Kruczyński

Farer orollari shimoliy qismidagi Kalsoy orolida qurilgan mayoq yonida kamalak jilosi. Undan shu yerda doimiy yashaydigan 95 kishi bahra olishi mumkin.  

AQSh, Havayi orollari

Foto: Karim Iliya

Havayidagi Kalapana vulqonining otilishi. 1990 yilda vulqon lavasi shu nomdagi qishloqni butunlay yo‘q qilgan edi. Ko‘rilgan choralar sababli qurbonlar bo‘lmagan.

AQSh

Foto: Getty Images

Soqolli boyo‘g‘li (Strix nebulosa) Nyu Hempshirda sichqon ovlamoqda.

Avstraliya

Foto: Todd Kennedy

Jasur suzuvchi tabiiy qoya havzasida to‘lqinlarga qarshi kurashmoqda.

Meksika

Foto: Alejandro Prieto

Yukatan yarim orolidagi katta flamingolar jo‘jalarni boqmoqda. Odatda jo‘jalarga ota-ona navbati bilan g‘amxo‘rlik qiladi. 

AQSh

Foto: Jim Obester

Vashington shtati g‘arbidagi Hud kanali ko‘rfazida flyuoressentli aktiniya. 

Ruminiya

Foto: Gheorghe Popa

Pyatra Nyamtsadagi Kuydel ko‘lida tonggi tuman.

AQSh

Foto: Michael O'Neill

Florida shtati Palm Bich shahridan 10 km uzoqlikdagi Golfstrim suvosti oqimidan foydalanayotgan uchar baliq. 

Kanada

Foto: Agathe Bernard

Chayka qushlari Britaniya Kolumbiyasidagi muzli daryoda oqayotgan qarag‘ay shoxlaridan himoyalanmoqda.

AQSh, Havayi orollari

Foto: Greg C

Kilauea vulqonidan oqayotgan qaynoq lava asta-sekin okeanga quyilmoqda. 2016 yil vulqon uyg‘onganidan so‘ng, olovli daryo 2 oy mobaynida suvgacha 10 km bo‘lgan masofani bosib o‘tdi.

AQSh

Foto: Swindler

Yuta shtatidagi kanon oralab o‘tlar o‘smoqda.

Mavzuga oid