Jahon | 08:31 / 14.12.2017
5932
2 daqiqa o‘qiladi

Pensilvaniya universitetida otishma, qurbonlar bor

Foto: RIA Novosti

AQShning Pensilvaniya shtati universiteti hududida ro‘y bergan otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Triblive portali tezkor xizmat xodimiga tayangan holda.

Hodisa ovqatlanish joyi yonidagi Beaver kampusida mahalliy vaqt bilan soat 15:41da ro‘y bergan. Kampus saytida u yopiq ekani xabar berilmoqda.

Universitet ma'muriyatining Facebook’dagi o‘z sahifasida ma'lum qilishicha, talabalar otishma natijasida jabrlanmagan. WGAL telekanalining politsiyaga tayangan holda xabar berishicha, otishmani universitetda ishlagan ayollardan birining turmush o‘rtog‘i sodir etgan. U ayolni o‘ldirgan, so‘ng o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda.

Voqea joyida politsiya xodimlari ishlashmoqda, talabalardan fud-kort va talabalar ittifoqi binosi joylashgan yerga yaqinlashmaslik so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyi oxirlarida Solt-Leyk-Sitidagi Yuta Universiteti kampusida ham otishma ro‘y bergan bo‘lib, o‘shanda bir kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid