Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya, Iroq va AQSh harbiy rahbariyatlari muzokaralar o‘tkazdi – OAV
Turkiya va Iroqning qurolli kuchlar bosh shtablari boshliqlari Xulusi Akar va Usmon al-Ganmiy 14 dekabr Anqarada NATOning Yevropadagi birlashgan qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Kertis Skaparrotti va AQSh qurolli kuchlar markaziy qo‘mondonligi boshlig‘i Jozef Votel bilan uchrashdilar. Bu haqda Hurriyet nashri xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, tomonlar mintaqada xavfsizlikni ta'minlash, terrorchilik tashkilotlariga qarshi kurashish uchun zarur choralarni muhokama qilishgan. Nashrning ma'lum qilishicha, muzokaralar davomida IShIDning Suriya va Iroqda yana vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik mavzusi ham ko‘rilgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025