Pokistondagi cherkovga hujum qilinishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Foto: arynews.tv
17 dekabrda Pokistonning Belujiston viloyati poytaxti Kvetta shahridagi protestant cherkoviga qilingan hujum oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘ldi, 57 kishi jarohat oldi. Bu haqda Geo TV telekanali xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, ko‘plab jarohatlanganlar og‘ir ahvolda, shu sababli qurbonlar soni oshishi mumkin. Hujum vaqtida cherkovda 400 ga yaqin odam bo‘lgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, terrorchilardan biri cherkov ichida o‘zini portlatgan. Ikkinchi terrorchi xavfsizlik kuchlari bilan otishma vaqtida o‘ldirilgan.
Mavzuga oid

00:15 / 20.05.2025
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi

19:50 / 16.05.2025
Portugaliyada cherkovning qulagan devorlari orasidan 12 ta skelet topildi

22:12 / 15.05.2025
Pokiston va Hindiston sulhni 18 mayga qadar uzaytirdi

17:40 / 13.05.2025