Jahon | 00:00 / 18.12.2017
27760
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda 93 yoshli ayol qariyalar uyidan kuch bilan haydab chiqarildi (video)

Foto: Getty Images

93 yoshli Xuanita Fittsjyerald qarzi uchun qariyalar uyidan haydab chiqarildi. Keksa ayolni qariyalar uyidan chiqarib yuborish uchun politsiyachilar kelgan, deb xabar bermoqda WKMG News 6.

Ayolning qariyalar uyidan kuch qo‘llangan holda chiqarib yuborilishi videosi YouTube’da joylashtirildi. 

Gap shundaki, AQShda qariyalar uyi xususiy hisoblanadi. Ularda yashash uchun haq to‘lash kerak.

Voqea 12 dekabrda yuz bergan. Qariyalar uyi ma'muriyati ayolni 3 oylik qarzi sababli chiqarib yuborishidan ogohlantirgan. Biroq ayol xonasini tark etishni istamagan, shunda muassasa xodimlari politsiyani chaqirtirishgan.

Voqea joyiga kelgan politsiyachilar ayoldan xonani tark etishni so‘rashgan, biroq ayol bundan bosh tortgan. “Men bu yerdan hech qayerga ketmayman, istasangiz kuch ishlatib olib chiqing”, deb aytgan ayol.

Politsiyachilarning raportiga ko‘ra, shundan keyin ayol polga yotib olib, qarshilik ko‘rsata boshlagan. Politsiyachilar ayolni tashqariga olib chiqib, uni mahalliy turmaga olib ketishgan. U yerda ayolga mahbuslar kiyimi kiydirilib, qo‘liga kishan solingan. 

Qariyalar uyi egasining aytishicha, ayol yaqinda vafot etishini ta'kidlab, xizmat haqini to‘lashdan bosh tortgan.

Biroq ayolning o‘zi jurnalistlarga voqeaning o‘zgacha versiyasini aytib bergan.

“Men sentabrda xizmat haqini to‘laganman, biroq uy bekasi meni u yerdan chiqarib yuborishni istab, mendan boshqa haq olmay qo‘ygan”, deb aytgan ayol. 

Ayol ikki kundan keyin sud taftishiga kelish majburiyati bilan ozod etilgan. Ayolning ishi 27 dekabrda sudda ko‘rib chiqiladi.

Ta'kidlanishicha, ayolning o‘g‘li bor, lekin u bilan yashashni hamda biror-bir yordam ko‘rsatishini istamaydi. Ayol sudgacha o‘zining tanishinikida vaqtinchalik yashab turishga qaror qilgan.

Mavzuga oid