Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi 30 ta muzey o‘z faoliyatini to‘xtatadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2017-2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorida xabar qilinishicha, belgilangan dasturni amalga oshirish uchun 572,3 mlrd. so‘m qiymatidagi mablag‘ ajratiladi.
Qaror bandlarida belgilangan dasturga asosan respublikada yangi 7ta muzey tashkil etiladi. Xususan, Farg‘ona viloyatida Erkin Vohidov nomidagi muzey, Buxoro viloyatida Mutal Burxonov muzeyi, Xorazm viloyatida esa Avesto merosi muzeyi tashkil qilinadi. Shuningdek, 21 ta muzey qayta ta'mirlanadigan bino-inshootlar ro‘yxatiga kiritiladi. Respublikada mavjud 33 ta muzey o‘z balansida mavjud to‘plam va eksponatlarni boshqa muzey tasarrufiga topshirish sharti bilan tugatilmoqda.
Joriy yilda boshlangan «Virtual muzey» loyihasining birinchi bosqichida «Temuriylar tarixi» muzeyiga virtual 3D sayohat qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. 2021 yilga qadar 2 mingdan ortiq noyob muzey eksponatining 3D va audio shaklidagi «sayohatnoma»si oltita xorijiy tilda ham tashkil qilinadi.
Mavzuga oid
11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
11:50 / 22.02.2025
“Titanik” chekuv xonasidagi oltin qandil AQShda muzeyga qo‘yildi
13:30 / 11.02.2025
40 xonali katta bino – Navoiy tug‘ilgan kunda uning muzeyiga borish nega noqulay?
01:32 / 26.01.2025