Haydovchisiz avtomobillardan foydalanish bo‘yicha birinchi qo‘llanma chiqarildi

Foto: China Daily
Pekin ma'muriyati haydovchisiz avtomobillardan foydalanish bo‘yicha birinchi rasmiy qo‘llanmani chiqardi. Bu haqda China Daily xabar bermoqda.
Qo‘llanma shahar transport komissiyasi, jamoat xavfsizligi byurosi va iqtisodiyot hamda axborot texnologiyalari bo‘yicha komissiya tomonidan ishlab chiqildi.
Ta'kidlanishicha, hujjat avtotransportda «haydovchisiz texnologiyalar ishlab chiqishni tezlashtirishga» qaratilgan.
Bunday tartib Xitoydagi xususiy tashkilotlarga avtopilotda beshtagacha mashinani test rejimida foydalanish huquqini beradi. Shu bilan birga, ular yo‘l sinovlari o‘tkazilishidan avval maxsus yopiq zonalarda barcha testlarni yakunlashi lozim.
Nashrning qo‘shimcha qilishicha, boshqarish faqat rulda favqulodda yoki istalgan boshqa vaziyatda jarayonga aralashishi mumkin bo‘lgan inson bo‘lsagina mumkindir.
Pekin ma'muriyati yaqin vaqt ichida haydovchisiz avtomobillar kirishi mumkin bo‘lgan zonalar ro‘yxatini e'lon qiladi.
Mavzuga oid

21:06 / 06.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Jingpingga ta’ziya yo‘lladi

00:46 / 06.05.2025
Xitoyda muntazam ravishda ortiqcha ishlab kelgan repetitor o‘z ishxonasida vafot etdi

20:05 / 05.05.2025
Xitoyda kuchli shamol sayyohlik kemalarini ag‘darib yubordi. 10 kishi halok bo‘ldi

16:13 / 05.05.2025