Britaniyaliklar yashirin bo‘lmalarga ega antiqa poyabzal yaratishdi (foto)
Britaniyaliklarning fikricha, cho‘ntaklar pul, kalit va hujjatlarni olib yurish uchun uncha yaxshi joy hisoblanmaydi. Ularning fikricha, bunday qimmatli buyumlarni saqlash uchun poyabzal tagcharmi ayni muddaodir.
Shu sababli britaniyalik poyabzalchilar tagcharmiga qimmatli buyumlarni yashirish mumkin bo‘lgan erkaklar botinkasini yaratishdi. Bu tagcharm ichiga avtomobil yoki uy kalitlari, hujjatlar, kichik o‘lchamli mobil telefon, mini-kamera va pichoqcha yashirish mumkin.
Yashirin bo‘lmalari bo‘lgan botinka amaliy jihatdan foydali bo‘lishi bilan bir qatorda, qulay va chiroyli ishlangan. Biroq uning narxi “chaqishi” mumkin: poyabzal 2,5 ming dollardan qimmatroq turadi.
Mavzuga oid
15:15 / 20.09.2023
O‘zbekiston AQShga maktab poyabzallari yetkazib beradi
08:23 / 16.09.2022
Xitoy O‘zbekistonda charm-poyabzal sohasida yangi loyihalarni ishga tushirishi mumkin
08:35 / 26.03.2022
Charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari tashkil etiladi
09:44 / 19.05.2021