Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktabgacha ta'lim vazirligi bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va uning tizimidagi muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari, tumanlar va shaharlarda (Toshkent shahri bundan mustasno) investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan “nol” qiymatda bino berish hamda xususiy investorlarning o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan binolarda tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarining 2023 yil 1 yanvargacha foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun to‘lovning 50 foizi o‘z mablag‘lari hisobidan hamda qolgan 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan to‘lanishi nazarda tutildi.
Shuningdek, qaror bilan Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetidan oylik kompensatsiyalarni to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanmoqda.
Hujjatning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
17:41 / 15.05.2025
Ta’lim sohasi rahbarlarini ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan majlislarga chaqirish taqiqlandi
13:54 / 01.05.2025