Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mask Twitter’da o‘zining telefon raqamini tasodifan e'lon qilib yubordi
SpaceX va Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask Twitter’dagi o‘z sahifasiga obuna bo‘lganlarga tasodifan telefon raqamini yozib yubordi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, telekanal jurnalistlari e'lon qilingan raqamga qo‘ng‘iroq qilishning uddasidan chiqishgan. Go‘shakni hech kim ko‘tarmaganidan so‘ng avtomatik javob qaytargich ishga tushgan va God of War’dan videoo‘yinida musiqa yangragan.
«Sizlar ilohiy kuchlar yordamida buni amalga oshirdingiz. Siz qandaydir yo‘l bilan men bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘ldingiz. Men sizni tabriklayman va hurmatimni izhor etaman», - deyilgan avtomatik javob qaytargich xabarida.
Aniqlik kiritilishicha, Mask o‘zining telefon raqamiga ega xabarni Oculus kompaniyasi texnik direktori Jon Karmakka yubormoqchi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boeing Mars bo‘yicha Ilon Maskni ortda qoldirmoqchi ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi
22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani sababi ma’lum bo‘ldi
18:44 / 22.05.2025