Jamiyat | 09:51 / 21.12.2017
17369
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy kompaniyasi xodimalari bir-birlariga shapaloq tushirish bilan jazolandilar (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Xitoyning Nanchang Jinhuayuan Meiye kosmetik kompaniyasi bazmida kuzatilgan antiqa holat videosi ommalashmoqda. 

Videoda kompaniya xodimalari o‘rtaga chiqib, tizzalariga o‘tirib olib, rahbarlari to‘xtatishni buyurmagunigacha bir-birlariga shapaloq tushirayotganlari tasvirlangan. 

The Sun nashrining ma'lum qilishicha, xodimalar yillik savdo rejasini bajarmaganlari uchun shunday yo‘l bilan jazolanganlar. Kompaniya rahbari kompaniyaning 14 yilligi nishonlanishi vaqtida xodimalarni yuzlab hamkasblari oldida shunday jazolashga qaror qilgan. Ta'kidlanishicha, qizlar ishlarini yo‘qotmaslik uchun bu xo‘rliklarga rozi bo‘lganlar

Mavzuga oid