Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobiq mahkumlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatiladi
Vazirlar Mahkamasining 5.12.2017 yildagi 965-son qarori bilan Sudning qaroriga ko‘ra jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordam berish qoidalari tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Yordam – yakka tartibdagi dastur bo‘yicha
Jazoni o‘tash muassasalaridan ozod etilganlar o‘z ixtiyoriga ko‘ra ijtimoiy-huquqiy yordam olishlari mumkin. U tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazi (BKM) tomonidan, uni hisobga olgandan va shaxsi, sog‘lig‘ining holati, ma'lumoti darajasi hamda hayotiy vaziyatini o‘rgangandan keyin yakka tartibdagi dastur bo‘yicha ko‘rsatiladi. Shaxs ijtimoiy-huquqiy yordam olishni rad etgan taqdirda BKM xodimi tegishli dalolatnoma tuzadi.
Dasturni tuzishda shaxsning quyidagi ijtimoiy-huquqiy yordam turlariga bo‘lgan ehtiyoji aniqlanadi:
1. Ishga joylashtirish;
2. Tibbiy xizmatlar olish. Tibbiy yordam shaxsning yashash joyi bo‘yicha davlat tibbiyot tashkilotlarida u yerga yuboriladigan yakka tartibdagi dastur nusxasi asosida bepul taqdim etish;
3. Huquqiy yordam taqdim etish, shu jumladan:
• ishga joylashtirish, tibbiy yordam uchun hujjatlarni taqdim etish;
• shaxsda tayinlangan ijtimoiy nafaqa va to‘lovlarni olish uchun mablag‘ bo‘lmagan taqdirda yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish;
• ijtimoiy yordam, ijtimoiy ta'minot huquqlari va bu huquqlar buzilishidan himoya qilish usullari bo‘yicha yuridik maslahat taqdim etish;
4. Kasbiy tayyorlashda yordam. Agar shaxs tugallanmagan o‘rta ma'lumotga ega bo‘lsa, unga yashash joyidagi ta'lim muassasalarida kasbiy qayta tayyorlash uchun yo‘llanma berish;
5. Agar shaxsning turar joyi bo‘lmasa yoki uni yo‘qotgan bo‘lsa – vaqtinchalik bo‘lish joyini aniqlash uchun tuman (shahar) hokimligiga yo‘llanma rasmiylashtirish;
6. Boshqa yordam olish.
BKM yakka tartibdagi dasturning nusxasini u tuzilgandan keyin 3 ish kuni mobaynida tegishli hokimliklar, sog‘liqni saqlash, ta'lim organlari, nodavlat tashkilotlar va boshqalarga yuboradi. Ular o‘z navbatida uni olgandan keyin 15 kun mobaynida ular taqdim etayotgan yordam yoki uni ko‘rsatishning imkoni yo‘qligi to‘g‘risida BKMni xabardor qiladi. Yakka tartibdagi dasturning ikkinchi nusxasi shaxsga imzo qo‘ydirib beriladi.
Shaxs bir oyda bir marta olinadigan ijtimoiy-huquqiy yordam to‘g‘risidagi hisobot bilan BKMga kelishi zarur.
Ishga joylashtirishda ko‘maklashish
Bu ijtimoiy-huquqiy yordamning asosiy yo‘nalishi. Shaxsning ro‘yxatdan o‘tish uchun BKMga yozma murojaati uni olish uchun majburiy shart hisoblanadi. Ishga joylashtirishda ko‘maklashish quyidagi xizmatlarni taqdim etishdan iborat:
• bo‘sh ish o‘rinlari bazasidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘llash;
• zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish;
• keyinchalik ularni ishga joylashtirishda ko‘maklashish bilan kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborish;
• jamoat ishlariga yuborish (shaxsiy roziligi bilan);
• fuqarolar tomonidan o‘z ishini tashkil etish imkoniyatlari va usullari to‘g‘risida axborot taqdim etish;
• ishsizlik nafaqasini to‘lash.
Qoidalar 1.04.2018 yildan e'tiboran amalga kiritiladi.
Mavzuga oid
15:07 / 05.05.2025
Yirik qarz oluvchilar uchun alohida qoidalar ishlab chiqiladi
10:04 / 21.02.2025
Yo‘l harakati qoidalarida ayrim holatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
08:10 / 17.09.2024
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi
14:37 / 01.06.2024