O‘zbekiston | 22:25 / 21.12.2017
8810
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Yaponiya va Gruziyaga elchilari tayinlandi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Senatning XIII yalpi majlisida O‘zbekistonning Ozarboyjon Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi sifatida faoliyat yuritib kelgan ​Sherzod Fayziyev O‘zbekiston Respublikasining Gruziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan G‘ayrat Fozilov O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlandi.  

Eslatib o‘tamiz, bundan avval, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan G‘ayrat Fozilov lavozimidan ozod etilib, O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlanishi kutilayotgani haqida xabar bergandik.​

Mavzuga oid