Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston yo‘li qurilishi dekabr oxirida muhokama qilinadi
Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronboy Jeenbekov Transport va yo‘l vaziri Jamshitbek Kalilovni qabul qildi. Bu haqda, QR prezidenti apparatining axborot siyosati bo‘limi xabar bermoqda.
Uchrashuvda davlat rahbariga, qo‘shni mamlakatlar bilan avtomobil, temir-yo‘l va aviaqatnov transporti sohasidagi hamkorlik masalalari, yo‘l-transport sohasidagi islohotlar, yo‘l va transport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida axborot berildi.
Jamshitbek Kalilov ma'lumotiga ko‘ra, Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi bo‘yicha, mutaxassislar 25 dekabr kuni Toshkentga yo‘l oladi. 27 dekabr kuni esa vazirlar darajasida uchtomonlama muzokara o‘tkaziladi.
Sooronboy Jeenbekov qurilish ishlarining tezroq boshlanishi, Markaziy Osiyoni hududning samarali tranzit yo‘lagi sifatidagi jozibasini oshirish imkoniyatini beradi, deb ta'kidladi.
Mavzuga oid
17:53 / 17.04.2025
«Afrosiyob» poyezdlari harakati jadvaliga o‘zgarishlar kiritildi
21:36 / 30.12.2024
Xitoy eng tez tijorat poyezdini taqdim etdi
17:01 / 09.12.2024
Qirg‘iz hukumati «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi uchun yer ajratdi
20:59 / 26.11.2024