Jahon | 09:15 / 22.12.2017
9217
2 daqiqa o‘qiladi

Raul Kastro Kuba rahbari lavozimidan ketishini tasdiqladi

Foto: EPA

Kuba davlat kengashi va vazirlar kengashi raisi Raul Kastro o‘z lavozimini 2018 yil aprelda tark etishini tasdiqladi. Bundan avval OAVda uning 2018 yil 19 aprelda o‘z lavozimidan ketishi haqida xabar qilingandi.

Kastro bu haqda mamlakat parlamenti – Xalq hukumati milliy assambleyasi yig‘ilishida aytib o‘tdi.

“19 aprelda Xalq hukumati milliy assambleyasining yangi tarkibi shakllantiriladi, mening davlat va hukumat rahbari lavozimidagi oxirgi va ikkinchi muddatim yakunlanadi”, deb aytgan 86 yoshli Kastro.

Raul Kastro davlat kengashi raisi lavozimini 2008 yildan beri egallab keladi. U bu lavozimni akasi, Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro iste'fosidan keyin egallagan.

Kastroning lavozimini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar orasida uning o‘rinbosari, 57 yoshli Migel Dias-Kanelya nomi keltirilmoqda.

Shu bilan birga Raul Kastro 2021 yilgacha Kubadagi yagona siyosiy partiya hisoblanuvchi Kommunistik partiya rahbari bo‘lib qoladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid