Jahon | 01:45 / 23.12.2017
20321
2 daqiqa o‘qiladi

BMT Bosh assambleyasida AQShni qo‘llab-quvvatlagan davlatlarda Yer aholisining 5 foizi yashaydi – infografika

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Quds bo‘yicha qaroriga BMT Bosh assambleyasida qarshi ovoz bergan 128 davlatda yashovchi aholi soni, butun Yer kurrasida istiqomat qiluvchi insonlarning 82 foizini tashkil etadi deb yozadi Anadolu agentligi.

Al-Quds statusi himoyasini yoqlab ovoz bergan mamlakatlarda 6,187 milliard aholi yoki Yer kurrasining 7,5 milliard aholisidan 82,5 foizi yashaydi.

Al-Quds bo‘yicha rezolyutsiyaga qarshi ovoz bergan AQSh va yana sakkiz davlatda yashovchi aholining umumiy soni 380 million nafar yoki butun jahon aholisining 5,1 foizidir.

BMT Bosh assambleyasida doimiy vakillari ovoz berish jarayonida ishtirok etmagan 21 davlatning aholisi yig‘indisi 290 million kishi yoki jahon aholisining 3,8 foiziga teng.

Yana 650 million kishiga yaqin (yoki jahon aholisining 8,6 foizi) BMT Bosh assambleyasida ovoz berishda ikkilangan 21 davlatda istiqomat qiladi.

Shunday qilib, Yer kurrasida yashayotgan aholining har 10 kishisidan 8 nafari AQShning Al-Quds bo‘yicha qarorini qo‘llab-quvvatlamaydi.

Mavzuga oid