Erdo‘g‘an nasroniylarni Rojdestvo bilan tabrikladi
Diniy va madaniy turfa xillik Turkiyaning bebaho boyligidir, bu yerda qadimdan so‘z, din erkinligi va inson huquqlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lingan. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning mamlakat nasroniylariga yo‘llangan Rojdestvo tabrigida aytilgan.
Tabrik matnida Anatoliya yerlari qadimdan jabrdiydalar va zo‘ravonlikka uchraganlar uchun boshpana bo‘lib hisoblanganiga e'tibor qaratilgan.
“Madaniy va diniy turfa xillik Turkiyada barqarorlik va tinchlik, birdamlik va hamfikrlik asosini shakllantiradi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Prezident Rojdestvo turk jamiyatining birdamligi yanada mustahkamlanishiga hissa qo‘shishiga umid bildirdi.
Mavzuga oid

11:09 / 28.04.2025
“Farzandlarimiz turk erkaklari quchog‘ida qolmoqda” – Turkiyadagi o‘zbek xotin-qizlari taqdiri haqida suhbat

15:56 / 15.04.2025
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda

10:49 / 14.04.2025
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi

18:12 / 12.04.2025