Jahon | 17:54 / 23.12.2017
16826
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil politsiyasi Al-Quds shahrida turk fuqarolarini hibsga oldi

Egallab olingan Al-Quds shahriga tashrif buyurgan uch nafar turk sayyohi Isroil politsiyasi tomonidan hibsga olindi. Turkiya Respublikasi Konsulligi mazkur voqea yuzasidan tezkor bayonot taqdim etmadi. Bu haqda Reuters xabar bergan.

Isroil politsiyasi Matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, uch nafar turk fuqarosi Al-Quds shahrining sharqiy qismida rasmiylar tomonidan qo‘lga olindi. Xabarda ularning nega qo‘lga olingani haqida ma'lumot berilmagan. 

Joriy yilning 6 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Al-Qudsni Isroil poytaxti, deb tan olgandi. Shundan so‘ng, qadimiy madaniyat markazi hisoblanmish shaharda tartibsizliklar avj olib, arab va yahudiylar to‘qnashuvi kuchayib ketdi. Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘an ushbu qarorni qayta ko‘rib chiqishga chaqirib, Al-Quds musulmonlar uchun eng muqaddas shaharlardan biri ekanini ta'kidlagandi.

Ma'lumot uchun, Falastin davlatining poytaxti, deb tan olingan Sharqiy Al-Quds shahri 1967 yili yuz bergan arab-isroil to‘qnashuvidan so‘ng, Isroil politsiyasi tomonidan egallab olingan.

Mavzuga oid