O‘zbekiston | 14:11 / 23.12.2017
48214
3 daqiqa o‘qiladi

«Qonun oldida hammang javob berasan» - Prezident 

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasiga murojaat qildi. Davlat rahbarining aytishicha, bundan buyon tibbiyot, xalq ta'limi, iqtisodiyot, moliya bo‘limlari, soliq inspeksiyasi va boshqa tuzilmalar rahbarlarini lavozimiga tayinlash va ozod etish tuman hokimi tomonidan amalga oshiriladi.

“Men ham tuman hokimi bo‘lganman. Hamma narsa mening qo‘limda edi. Hozirchi? Apparatda o‘tirgan bir odamning qo‘lida u. Hushi kelsa, uch oyda ko‘radi, hushi kelsa, yo‘q, deydi. Keyin yana bir tekshirayotgan qog‘oz keladi: u bormi, yo‘qmi? Menga hozir unday qog‘ozlar o‘tmaydi. Hech qayerda hech kimni tekshirishmaydi. Nima uchun men sizlarga vakolat beraman? Bu yerda o‘tirganlarning bir-ikkitasiga yoqmaydi bu, yoqmasa o‘tib ketmaydimi, menga desa. Vakolat beraman, oxirigacha javob berasizlar. Qilmasalaring, sizlarga ham jazo muqarrar, qonun ustuvor. Qonun oldida hammang javob berasan. Lekin, men ishondimmi, oxirigacha hamma narsa qilinadi. Soliq inspeksiyani bu yerdagi kattakon qo‘ysa, bu nima degani? Bu kim? Tuman hokimi kim? Kim tumanning hokimi? Moliyani bu yerdagi anavi Ostrogorskiyga o‘xshagan jamoa qo‘ysa. Kim tumanning hokimi? Qo‘rg‘ontepada yashaganmi Ostrogorskiyga o‘xshaganlar? Bo‘zda yashaganmi, Sariosiyoni sovug‘ida yashaganmi? 

Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bo‘yicha kadrlarni tanlash, tayinlash va lavozimidan ozod etish bilan bog‘liq vakolatlar qayta ko‘rib chiqiladi. 10 yanvargacha apparatdagilarni yana 50 foizga qisqartiraman, hamma nomenklaturani pastga beraman. Hamma, o‘zlaring xon, o‘zing bek, lekin javob berish bo‘yicha javob berasizlar hammalaring. Konstitutsiyada shunday yozilgan, ana shuni biz, albatta, amalga oshirishimiz kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga oid