Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada dunyodagi eng qiya temir yo‘l qurildi (video)
Shveytsariyadagi tog‘lardan birining yonbag‘rida temir yo‘l barpo etildi. Natijada dunyodagi eng osma temir yo‘l hosil qilingan.
Uzunligi 1720 metr bo‘lgan temir yo‘l Shvits shahri yaqinidagi vodiyda boshlanadi. U manzarali yassi tog‘da joylashgan va aholisi 100 kishilik Stus qishlog‘iga olib boradi. Bu yerda birorta ham mashinani uchratish mumkin emas. Ushbu temir yo‘l Stus aholisi uchun yagona transport bo‘ladi. Temir yo‘l nishabligi 110 gradus bo‘lgan tog‘ bo‘ylab ketadi va bunday qiya sirtda avval hech yo‘l qurilmagan. Poyezd yo‘lda uchta tunnel va ko‘prikdan o‘tadi.
Videodan ko‘rish mumkinki, poyezd hattoki shunday nishablik bo‘ylab bir xil tezlik bilan ketmoqda. Poyezdning yana bir o‘ziga tortadigan jihati shundaki, uning vagonlari aylana shaklida bo‘lib, o‘z ichiga 34 yo‘lovchini sig‘dira oladi. Bu vagonlarga “olmaxon g‘ildiragi” deb ham nom berildi.
Temir yo‘l liniyasi Stoos Bahn deb nomlangan va 53 mln dollarga aylangan. Shveytsariyada yangi yo‘l bunday chekka hududlarni mamlakatning umumiy turmushiga integratsiya qilishidan tashqari, yangi va istiqbolli sayyohlik yo‘nalishini boshlab beradi.
Mavzuga oid
14:10 / 26.05.2025
Shveytsariya G‘azoga yordam fondiga nisbatan tekshiruv boshladi
01:40 / 15.05.2025
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
21:20 / 09.05.2025
Shveytsariyada qo‘shnisining mushugiga ovqat bergan ayol sud qilinmoqda
23:08 / 24.04.2025