Juda do‘stona kayfiyatdagi pingvin internet "yulduzi"ga aylandi (video)
Reddit foydalanuvchilari do‘stona kayfiyatdagi pingvin Yangi Zelandiyada insonlar bilan “muloqot qilayotgani” tasvirlangan videorolikdan hayratga tushishdi.
Bir kunning ichida rolikni 74 ming inson tomosha qildi, u mingdan ortiq izohlarga sabab bo‘lgan.
Kadrlarda qalin tushmuqli pingvin o‘zini quvonch bilan suratga olayotgan odamlarga yaqinlashganini ko‘rish mumkin. Shu bilan birga, u odamlarning yoniga umuman qo‘rqmay yaqin kelgan.
Videoga qoldirilgan izohda aytilishicha, pingvin shu atrofda ko‘p paydo bo‘ladi va uylar ortidagi butalar ichida o‘ynaydi.
Foydalanuvchilar izohlarda nafaqat pingvinni, balki butun Yangi Zelandiyani muhokama qilishgan. Bunda qo‘shni Avstraliya bilan taqqoslash ham ro‘y berdi.
"Avstraliyada barcha hayvonlar seni o‘ldirishni xohlaydi. Yangi Zelaniyada esa pingvinlar xuddi mushuklar kabi aylanib yuradi. Ushbu mamlakatlardan birini shafqatsiz tarzda ezishmoqda", - deya yozgan RamenJunkie.
"Bilmayman nega, biroq gifkani ko‘rishim bilan bu Yangi Zelandiya ekanini darhol tushundim", - deb yozadi death_of_field.
"Juda ham ajoyib pingvinning borligi bu tumandagi ko‘chmas mulk narxini oshiradimi?", - deya savol bergan Monolithus.
Mavzuga oid
14:26 / 16.11.2024
Yangi Zelandiyada maori deputatlari bahsli qonun loyihasiga norozilik bildirib, majlisda raqsga tushdi
18:59 / 11.11.2024
Imperator pingvini ilk bor Avstraliya sohillariga qadar suzib bordi
00:08 / 20.10.2024
Yangi Zelandiya aeroportida yo‘lovchilar va ularni kuzatgani chiqqanlarga 3 daqiqadan ortiq quchoqlashish taqiqlandi
01:09 / 10.10.2024