Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada harbiy to‘ntaruv harakatiga aloqador 2,7 ming davlat xizmatchisi ishdan bo‘shatildi
Turkiya hukumati 2016 yilning iyulidagi harbiy to‘ntaruv harakatidan keyin mamlakatda joriy qilingan favqulodda holat (FH) rejimidagi harakatlar doirasida qaror qabul qildi. Unga asosan muxolif Fathulloh Gyulen tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan yana 2756 kishi davlat xizmatidan ishdan bo‘shatildi.
Yakshanba kuni Resmi Gazete'da chop etilgan qarorga muvofiq, 637 kishi Turkiya HKdan ishdan bo‘shatilgan, jumladan, 155 nafari - quruqlikdagi jangari, 155 nafari - harbiy-dengiz kuchlari, 327 nafari esa - harbiy-havo kuchlari xodimlari. Shuningdek jandarmeriya, politsiya, qirg‘oq muhofazasi, Adliya vazirligi, Ta'lim vazirligi, Din ishlari boshqarmasi, davlat universitetlari xodimlari ham shular jumlasidandir. Bundan tashqari, 17 ijtimoiy tashkilot, shu jumladan yetti fond ham yopildi.
2016 yilning 16 iyuliga o‘tar kechasi isyonchilar guruhi Turkiyada harbiy to‘ntaruv harakatini amalga oshirishga urindi. Asosiy qarama-qarshiliklar Anqara va Istanbulda kuzatildi. Buning natijasida 240dan ortiq turk fuqarosi halok bo‘ldi, 2 mingdan ziyodi jarohat oldi - isyon to‘xtatildi. Shundan keyin mamlakatda 50 mingdan ortiq kishi qo‘lga olindi, 140 mingdan ziyod davlat xizmatchisi ishdan chetlatildi. Turkiya hukumati davlat to‘ntaruv harakatida AQShda yashab kelayotgan muxolif Fathulloh Gyulenni aybladi. Gyulenning o‘zi esa harbiy to‘ntaruv harakatini qoraladi va ayblovlarni rad etdi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025