Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya bosim o‘tkazgan. Saad Haririy bilan bog‘liq mojaro tafsilotlari oydinlashmoqda
Livan bosh vaziri Saad Haririy noyabr oyida Saudiya Arabistoni hukumati bosim o‘tkazgani tufayli o‘z lavozimini tark etishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, Ar-Riyodga tashrif bilan kelgan Haririyni iste'fo haqidagi bayonotidan bir kun avval uy qamog‘iga olishgan. U yerda uning telefonini tortib olib qo‘yishgan va tan soqchilarsiz qoldirishgan. Shundan so‘ng Haririyga o‘z vakolatlarini topshirayotgani tilga olingan bayonot matni berilgan.
Avvalroq turli OAV Saudiya Arabistoni hukumati Haririyni kuch bilan ushlab turgani haqida yozgandi.
Biroq NYT’ning ta'kidlashicha, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon «hibsga olish» tashabbusi bilan chiqqan. Shu tariqa u Eronning mintaqadagi obro‘sini cheklab qo‘ymoqchi bo‘lgan.
Lekin, gazetaning ta'kidlashicha, bin Salmonning rejalari oxirigacha amalga oshmay qoldi, sababi Haririy atrofidagi vaziyat unga e'tiborning yana kuchayishiga olib keldi. Bundan tashqari, u noyabr oyining oxirida Livan bosh vaziri lavozimini tark etmaslikka qaror qilgani haqida ma'lum qildi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025