Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda «Google’ga soliq» joriy etilishi mumkin
Tojikiston Soliq qo‘mitasi rahbari Nusratullo Davlatzoda hukumatga mamlakatda jismoniy shaxslarga elektron shaklda xizmatlar taqdim etuvchi xorijiy kompaniyalarga o‘z faoliyatidan qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘lash majburiyatini yuklash lozimligi borasida murojaat bilan chiqdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, internet orqali Rossiya hududida elektron kontent bilan savdo qiluvchi xorijiy kompaniyalar - Google, Apple, Microsoft, Facebook, eBay, Aliexpress, Yahoo, Bing qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lashni boshlaganlaridan so‘ng, Rossiya davlat g‘aznasi joriy yilning birinchi choragida 2 mlrd rublga to‘ldirildi. Hujjat internetda «Google’ga soliq» nomi bilan mashhur bo‘lib ketdi.
Tojikiston Soliq qo‘mitasi rahbarining umid bildirishicha, «Google’ga va boshqa xorijiy kompaniyalarga soliq kiritilishi byudjyetga qo‘shimcha mablag‘lar jalb etishda qo‘l kelishi mumkin».
«Internet orqali amalga oshiriluvchi barcha harakatlarni tartibga solish uchun kerakli choralarni ko‘rish vaqti keldi. Soliq qonunchiligiga shunday bandni kiritish kerakki, u bilan jismoniy shaxslarga elektron shaklda xizmatlar taqdim etuvchi xorijiy kompaniyalar uchun qo‘shimcha qiymat solig‘ining to‘lanishi majburiy qilib qo‘yilishi darkor», - deya ta'kidlab o‘tdi Davlatzoda.
Mavzuga oid
09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi
23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi
20:45 / 22.04.2025
AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda
23:07 / 17.04.2025