Sport | 00:35 / 25.12.2017
18198
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Murabbiy kutilmaganda qiyofadoshini ko‘rib qoldi

Foto: Reuters

Angliya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi, hozirda «Kristal Pelas»ni boshqarib borayotgan Roy Hojson maydonda kutilmaganda o‘zining «egizagini» ko‘rib qoldi.

Voqea APL doirasidagi «Suonsi» va «Kristal Pelas» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv (1:1) vaqtida kuzatildi. Stadiondagi styuardlardan biri Hojsonga juda o‘xshashi ma'lum bo‘ldi.

Uchrashuvdan oldin ikki qiyofadosh ko‘rishib olishdi. Murabbiy qiyofadoshini ko‘rib ajablanganini yashirmadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid