Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yilda ko‘p qavatli uylarning atrofini obodonlashtirish uchun qancha mablag‘ ajratiladi?
2018 yilda ko‘p qavatli uylarning atrofini obodonlashtirish uchun 94,3 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy veb-saytida xabar qilingan.
Mazkur mablag‘ning 47,1 milliard so‘mi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarning mahalliy byudjyeti hisobidan, qolgan qismi esa O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.
Ushbu mablag‘lar evaziga 2 ming 779 ta bolalar maydonchasini qurish va ta'mirlash (34,3 milliard so‘m), 126,8 ming pogon metr sug‘orish tarmoqlarini ta'mirlash (7,7 milliard so‘m), 754,3 ming kvadrat metr yo‘laklarga beton qoplash (44,3 milliard so‘m), 7,1 ming dona tashqi yoritgichlarni ta'mirlash va almashtirish (7,9 milliard so‘m) ishlari amalga oshiriladi.
Bugungi kunda respublikada ko‘p qavatli uy-joylar soni 32,4 mingdan ortiq bo‘lib, ularga to‘rt mingdan ortig‘iga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan xizmat ko‘rsatilmoqda.
Mavzuga oid
15:31 / 03.05.2025
Belarus O‘zbekistonda yig‘ma yog‘och uylarni ishlab chiqarishni tashkil etishi mumkin
12:17 / 17.04.2025
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi
09:02 / 03.04.2025
Toshkentda uy ichida qulflanib qolgan keksa ayolga yordam ko‘rsatildi
08:53 / 31.03.2025