Jahon | 09:45 / 27.12.2017
35130
2 daqiqa o‘qiladi

"Hayratdan qotib qoldik". Baliqchilar homilador “buqa-akula”ni ushlashdi

Avstraliyalik baliqchi Menning daryosida uch metr keluvchi homilador «buqa-akula»ni  (Carcharhinus leucas) ushladi. Bu haqda The Daily Telegraph xabar bermoqda.

Baliqchining so‘zlariga ko‘ra, bu uning ovlagan eng yirik hayvonidir. U uch metrlik yirtqichni Yangi Janubiy Uelsda do‘sti bilan birga ushlagan. Baliqchilar shtatning sohaviy Departamenti uchun kichik baliqni tutishni, "uni belgilab qo‘yib, so‘ng qo‘yib yuborishni" rejalashtirishgan edi.

Baliq ovi boshlanganidan taxminan bir soat o‘tib, ular qarmoq po‘kagi qimirlayotganini sezib qolishdi. Avvaliga kichik akula ushlangan, deb o‘ylashdi hamda uni chiqarib olishga urinishdi. Biroq “o‘lja” ancha katta ekanini tezda tushunib yetishgan.

"Biz hayratdan qotib qoldik. Bir-birimizga qarab, u naqadar katta ekanini tushundik. Biz bu ishni oxiriga yetkazish lozimligini yaxshi anglab turardik", - deya ma'lum qildi baliqchilardan biri.

Xabar qilinishicha, dengiz yirtqichini “ushlash” uchun ular taxminan 45 daqiqa vaqt sarflashgan. Baliqchilar akulani chiqarib olishganidan keyin esa, u homilador ekanini bilishdi. Ikki baliqchi akulani erkinlikka qo‘yib yuborgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid