Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Biri e'tiborni chalg‘itdi, ikkinchisi hamyonni o‘mardi: keksa ayolning pullari o‘g‘irlanishi tasvirga tushib qoldi
London chetidagi savdo markazlarining birida jinoyat sodir bo‘ldi – o‘g‘rilar keksa ayolning hamyonini o‘marishdi. Biroq, ular zamonaviy kabinalar videokuzatuv kameralari bilan jihozlanganini xayolga ham keltirishmagan.
Exchange savdo markazi liftiga 69 yoshli ayol, uning ketidan yosh juvon va ikki erkak kirgan. Juvon sumka karmonini ochishga darhol kirishib ketgan, u yerda ming funt sterling bo‘lgan.

Shu paytda eshik yonida turgan ikki erkak bahsga kirishgan hamda kim kerakli qavatga birinchi chiqishi borasida munozara olib borishgan. Videoyozuvga ko‘ra, o‘g‘ri pullarni olishda biroz shoshilgan, biroq keksa ayol buni sezmadi, juvon esa o‘z maqsadiga yetgan.
Jabrlanuvchi pullari yo‘qolganini faqat o‘z mashinasining yoniga yaqinlashganida sezib qolgan. U darhol politsiyaga murojaat qildi, ayni damda jinoyatchilarni qidirish ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi
21:50 / 23.04.2025