Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro aeroportga ishga kiritishni va'da qilgan firibgar qo‘lga olindi
Buxoro viloyatining Kogon tumani, Hukumatobod qishlog‘ida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan U.H. ariza orqali murojaat qilib, Vobkent tumani, Raboti Eshon qishlog‘i 41-uyda yashovchi, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan sudlangan, 1981 yilda tug‘ilgan “Buyuk Istiqlol” firmasi haydovchisi U.I. U.H.ning ishonchiga kirib, aldab, uni Buxoro xalqaro aeroportiga ishga kiritishini va'da qilib, undan aeroportda kirib ishlash uchun maxsus harbiy xizmat kiyimi olib beraman, deb 400.000 so‘m pullarini olib, firibgarlik jinoyatini sodir qilganini bildirgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar bermoqda.
Shuningdek, U.I. jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, Piridastgir ko‘chasi 11/2-uy, 8-xonada yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan S.H.ning ishonchiga kirib, aldab, uni Buxoro xalqaro aeroportiga tanishi orqali ishga kiritishini va'da qilib 1.200.000 so‘m miqdoridagi pullarini olib, firibgarlik jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan U.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bundan tashqari, viloyat IIB xabarida qayd etilishicha, Qorako‘l tuman IIBga Paxtakor MFY, Ulug‘bek ko‘chasida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan, nafaqadagi I.H. ariza bilan murojaat qilib, Kogon tumanida yashovchi tanishi H.N. unga “Asaka” bank Buxoro viloyat filialidan davlat narxida AQSh dollari olib berishni aytib, 36.000.000 so‘m pullarini 10.000 AQSh dollariga baholab olib ushbu pullarni hozirgi kunga qadar bermasdan kelayotganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovoldi surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni, 1977 yilda tug‘ilgan, Buxoro shahar G‘azolliy ko‘chasida yashovchi, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2 va 3-qismi bilan sudlangan N.H. sodir etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan N.Hasanovaga nisbatan O‘z.R.JKning 168-m. 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025