O‘zbekiston | 23:24 / 28.12.2017
12420
4 daqiqa o‘qiladi

Yo‘lsozlikda 2017 yilning muhim yutuqlari: fakt va raqamlarda

Garchi 2017 yil tugashiga sanoqli kunlar qolgan bo‘lsa-da, yo‘lsozlar uchun tugayotgan yilning yakunlariga nazar tashlab, erishilgan natijalarni sarhisob qilish, shu bilan keyingi vazifalarni belgilab olish muhim. Yakuniga yetayotgan 2017 yil soha uchun qanday natijalar bilan yodda qoladi? — deb yozadi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Avvalo ta'kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevralda qabul qilingan «Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon bilan bir qatorda «2017–2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorlari sohaning keyingi rivoji uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qildi.

 

Shu o‘rinda o‘tayotgan bir yil davomida erishilgan natijalarga aniq misollar yordamida murojaat qilsak. Demak...

2017 yilda 6.513,5 km.dan ortiq umumiy foydalanishdagi va mintaqaviy avtomobil yo‘llarida qurish, qayta qurish hamda ta'mirlash ishlari olib borildi. Bu o‘tgan 2016 yilga nisbatan 156,0 foizni tashkil qiladi. Jumladan:

Investitsiya dasturi bo‘yicha:

Investitsiya dasturi asosida 260 km uzunlikdagi avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilindi.

 

 

Ta'mirlash dasturi bo‘yicha:

Xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi 175,5 km umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari kapital ta'mirlandi.

Mintaqaviy (ichki) yo‘llarni ta'mirlash bo‘yicha:

3.228 km dan ortiq mintaqaviy avtomobil yo‘llari ta'mirlandi. Shuni aytish lozimki, Prezident qarori bo‘yicha joriy yilda 2.700 km ichki yo‘llar ta'mirlanishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha 119,6 foizlik natijaga erishildi.

 

 

Joriy ta'mirlash va saqlash ishlari bo‘yicha:

2 850 km.dan ortiq avtomobil yo‘llari holati yaxshilandi.

Yangi ko‘priklar bo‘yicha:

Joriy yilda mamlakat hududlaridagi bir qancha ko‘priklar ta'mirlanib, yangilari bunyod etildi. Ular jumlasiga – A380 «G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beynov» yo‘lida joylashgan «Amu-Buxoro» kanali ustidagi hamda M39 «Almati – Bishkek – Toshkent – Termiz» avtomobil yo‘lidagi — Zarafshon daryosi ustidan o‘tgan yangi ko‘priklar ishga tushirilganini, Buxoro viloyatining Olot hamda Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi yangidan ta'mirlangan ko‘priklarni misol tarzida keltirish mumkin.

 

 

Texnikalarni xarid qilish bo‘yicha:

Joriy yilda Qo‘mita korxonalari va tashkilotlari tomonidan 118 ta yo‘l qurilish texnikalari va 3 dona asfaltbeton ishlab chiqaruvchi zavodlar xarid qilindi.

Bundan tashqari, qo‘mitaning tarkibiy korxonalari va Xitoy Xalq Respublikasining «Xuzhou Construction Machinery Group Imp&ExpCo., Ltd» («XCMG») kompaniyasi o‘rtasida 220 ta zamonaviy yo‘l qurilish-ta'mirlash texnikalarini yetkazib berish bo‘yicha 30,2 mln.doll. miqdorida shartnomalar imzolandi. 2017 yilning oxirigacha ushbu texnikalardan 58 tasi yetkazib beriladi.

 

 

Garchi hozirgi raqamlar shunchaki, misol tarzida sanab o‘tilsa-da, ular ortida o‘n minglab ishchi va xizmatchilarning mehnati, manzili yaqin bo‘lgan millionlab yurtdoshlarimizning duosi yotibdi.

Yuqorida sanab o‘tilgan misollarning barchasi — yo‘lsozlar o‘tib borayotgan yilni yorug‘ yuz bilan kuzatayotganiga misol bo‘la oladi.

Mavzuga oid