Sport | 16:12 / 28.12.2017
11387
1 daqiqa o‘qiladi

«Lokomotiv» «Paxtakor»ga o‘tishi kutilgan futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

«Lokomotiv» o‘z yetakchilaridan biri Ikrom Aliboyevni tarkibda saqlab qoldi.

«So‘nggi yillarda barqaror o‘yin namoyish etib kelayotgan mahoratli yarim himoyachi Ikrom Aliboyev faoliyatini yana «Lokomotiv» safida davom ettiradigan bo‘ldi», deyilgan klub rasmiy sayti xabarida.

Foto: «Lokomotiv»

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston futbolida ayni vaqtda eng kuchli yarim himoyachilardan biri bo‘lib turgan bu futbolchi «temiryo‘lchilar» bilan yana ikki yillik shartnoma tuzgan.

Bundan avvalroq 2012 yildan buyon «Lokomotiv» sharafini himoya qilib kelayotgan 23 yoshli bu futbolchi keyingi mavsumni Toshkentning boshqa bir jamoasi - «Paxtakor» safida boshlashi haqida xabarlar tarqalgandi.

Mavzuga oid