Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada maktab o‘quvchilari o‘qqa tutildi
Turkiyaning G‘aziantep shahridagi maktablardan biri yonida 56 yoshli erkak otishma sodir etishda gumonlanmoqda. Otishma oqibatida 6 kishi, jumladan 5 nafar o‘quvchi yaralangan. Bu haqda NTV telekanali xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, to‘yda ko‘ngilxushlik qilayotgan gumonlanuvchi to‘y o‘tayotgan joy yaqinidagi maktab oldidagi maydonchada futbol o‘ynayotgan bir guruh o‘quvchilarga o‘q uzgan. 10 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 5 o‘quvchi va bir katta yoshli odam yaralangan. Jabrlanuvchilar shifoxonaga yetkazilganlar, ularning hayotlari xavf ostida emas.
Mahalliy rahbariyat ma'lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi avval sodir etgan 6 jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan. Politsiya uni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiyani amalga oshirmoqda.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025