Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple eski iPhone’larni sekinlashtirgani uchun uzr so‘radi
Apple kompaniyasi ba'zi eski iPhone modellari unumdorligini ataylab pasaytirishi ma'lum bo‘lgandan keyin yuzaga kelgan “tushunmovchilik” uchun uzr so‘radi.
“Biz sizlardan ba'zilaringiz Apple pand berdi, degan fikrdaligingizni bilamiz. Bu masala bo‘yicha ko‘p tushunmovchilik bo‘ldi, shu sababli biz vaziyatga oydinlik kiritib, ba'zi o‘zgartirishlar haqida so‘zlab bermoqchimiz”, deyilgan bayonotda.
Bayonotda aytilishicha, bir yil avval chiqqan iOS 10.2.1 yangilanmasi iPhone 6, iPhone 6 Plus, iPhone 6s, iPhone 6s Plus va iPhone SE smartfonlari unumdorligini ularning batareyalari uzoqroq ishlashi va smartfonlar o‘chib qolishi bilan bog‘liq muammolardan qochish uchun pasaytiradi.
“Bu o‘zgarishlar payqalmasdan qolishi mumkin bo‘lsa-da, ba'zi holatlarda dasturlar uzoqroq yuklanishi va unumdorlikning pasayishi bilan bog‘liq boshqa holatlar kuzatilishi mumkin”, deyilgan xabarda.
Kompaniya AQShda eski modellar batareyalarini o‘zgartirish narxini 79 dollardan 29 dollargacha kamaytirishga va'da berdi. Bundan tashqari, iOS’ning 2018 yil boshida chiqadigan yangilanmasi foydalanuvchilarga akkumulyatorlar holati haqida ko‘proq axborot taqdim qiladi.
Mavzuga oid
16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi
09:03 / 21.04.2025