Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Golden week. Prezident farmoni ichki turizm rivoji uchun qanday turtki beradi?
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmon imzolandi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, mazkur farmonga muvofiq, Yangi yil bayrami munosabati bilan hamda Navro‘z va Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan davlat bayramlariga atab 5 kun ketma-ket dam olish imkoniyatini beradi.
Bunday qaror qonunchilikda belgilangan dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida fuqarolarning mazmunli hordiq chiqarishlari, oila davrasida ko‘proq vaqt sarflashlari, yurt bo‘ylab sayohat qilishlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Prezident tashabbusi bilan oilaviy turizm, ijtimoiy turizm va ayniqsa ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlaridan kelib chiqib, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturini ishga tushirdi. Bu dastur asosida O‘zbekiston aholisi mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi uchun zarur sharoitlar yaratildi, maroqli sayohat dasturlari ishlab chiqildi hamda mahalliy hokimiyat va sayyohlik kompaniyalari vakillari tomonidan barcha tashkiliy masalalar hal qilinmoqda.
Ushbu ichki turizmni rivojlantirish dasturining Samarqand, Buxoro, Xorazm va Qoraqalpog‘iston bo‘ylab uyushtirila boshlagan sayohat dasturida minglab fuqarolar ishtirok etishga ulgurdi.
Ushbu yangilik xorij tajribasida, ayniqsa, Yaponiya va Xitoyda uchraydi va “Golden week” nomi tanilgan. Bu mamlakatlarda aholi katta bayramlar oldidan dam olish kunlarini qanday o‘tkazish, qayerlarga safar qilishni istaganidek rejalashtirishga imkon yaratadi. Aytish mumkinki, aynan shunday uzaytirilgan dam olish kunlari Yaponiya va Xitoy aholisida sayohat qilishga qiziqish uyg‘otgan.
Prezidentning dam olish kunlarini uzaytirish bo‘yicha imzolagan farmoni xalqda yurtning boy madaniy merosi, tarixi va urf-odatlarini yaqindan o‘rganishga, xalqning ma'rifiy darajasini o‘stirishga hamda vatanparvarlik, birdamlik hisini mustahkamlashga yanada ko‘proq xizmat qiladi.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
10:10 / 21.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi
16:40 / 14.05.2025