Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sankt-Peterburgdagi terakt ijrochisi qo‘lga olingani ma'lum qilindi
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Sankt-Peterburgdagi “Perekryostok” supermarketida portlashni sodir etgan va uni tashkillashtirgan kimsani qo‘lga oldi. Bu haqda FXXning jamoat aloqalari markaziga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. Terakt ijrochisi qo‘lga olingani tergov qo‘mitasida ham tasdiqlangan.
Gumonlanuvchining qo‘lga olinishi tafsilotlari keltirilmagan. Faqatgina u 30 dekabrda ushlangani ma'lum qilingan. Gap do‘kondagi kuzatuv kameralari qayd qilgan erkak haqida ketmoqda: u do‘konning saqlash kamerasida ichida qo‘lbola bomba bo‘lgan ryukzakni qoldirib, o‘zi do‘kondan chiqib ketgan. Portlash oqibatida 18 kishi yaralangan.

Gumonlanuvchi keyingi tergov harakatlarini amalga oshirish uchun tergov qo‘mitasiga topshirilgan.
Jarohatlovchi unsurlarga ega portlovchi qurilma 27 dekabrda “Gigant xoll” ko‘ngilochar majmuasining 1-qavatida, “Perekryostok” do‘konining saqlash kamerasida portlagan. Bombaning kuchi 200 gramm trotil ekvivalentini tashkil qilgan.
Mavzuga oid
17:34 / 27.04.2025
FXX rossiyalik generalni portlatishda gumonlangan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi
15:08 / 24.03.2025
Rossiyaning madaniy poytaxti – Sankt-Peterburg bo‘ylab fotosayohat
11:10 / 18.03.2025
Guliston IIB TB talabi bilan Sankt-Peterburgda hibsga olingan o‘zbekistonlik ayolni Rossiya prokuraturasi qo‘yib yubordi
13:14 / 05.03.2025