O‘zbekiston | 15:01 / 30.12.2017
27628
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev: «Elimizga islom dinini to‘g‘ri tarannum etish - juda katta tarbiya»

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 29 dekabr kuni milliy kino san'ati va kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va bu borada mavjud muammolarni hal etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Unda davlat rahbari hozirgi kinolar haqida fikr bildirdi.

“Mening eng katta ichki qiynovlarim, “Bobur” kinosini ko‘rishni o‘zim niyat qilardim. Ulug‘bek, Beruniy, qilsak bo‘ladimi?! Millatimizning orzusi bo‘lsa kerak bu kinolar. Nega al-Buxoriy to‘g‘risida kino yo‘q? At-Termiziy bobomiz?! Termiziylar sulolasi, deganda qanchadan-qancha gaplar bor. Bu ham bir yo‘nalishmi yo‘qmi?! Moturidiy haqida kino ko‘rsatish, u ham bir yo‘nalish. Islom sivilizatsiya, deganda nimani ko‘rsatamiz biz?! 

Elimizga to‘g‘ri islomni tarannum etish - juda katta tarbiya. Masjidlarda ham buni qo‘ysa bo‘ladi. Birinchidan ongimiz o‘zgaradi, ikkinchidan o‘zimizning ustimizda ishlash bilan atrofimizga muhit yaratib, boshqa illatdan olib, ijodga bag‘ishlaymiz. Eng asosiy masala – o‘zligimizni anglashni joy-joyiga qo‘ymas ekanmiz, kechagi biz aytgan gaplarni me'yoriga yetkaza olmaymiz”, - dedi davlat rahbari.

Mavzuga oid