Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkor mehnat stajini elektron hisobga olish joriy etiladi
2018 yil 1 yanvardan tadbirkorlarning mehnat stajlarini elektron hisobga olish joriy etiladi. Bu haqda KUN.UZ’ga Adliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 iyuldagi qaroriga asosan yakka tartibdagi tadbirkorlarni, dehqon xo‘jaliklari a'zolarini, qoramol o‘stirish va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni hamda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan boshqa sub'yektlari bo‘yicha mehnat stajlarini elektron hisobga olish joriy etiladi.
Mehnat staji (shu jumladan lavozim mavqei, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davrlari, mehnat ta'tilidagi va uzrli sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan davrlar) haqidagi ma'lumotlar har bir jismoniy shaxs bo‘yicha ish beruvchilar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari bo‘yicha soliq hisoboti tarkibida taqdim etilishi belgilandi.
Mavzuga oid
16:24 / 29.04.2025
Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogini yuritish tartibi belgilandi
17:08 / 29.07.2024
5 yil stajga ega xodimni o‘qishga tavsiya etadigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
15:42 / 29.06.2024
“Elektroset” ogohlantirmasdan svetni o‘chirsa, javobgarlikka tortish taklif etilmoqda - biznes ombudsman
08:08 / 10.06.2024