Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuridik shaxslarga tegishli avtotransportlarni boshqarayotgan shaxslar 2 yilda bir marta malaka oshirishga majbur bo‘ladi
2018 yil 1 yanvardan boshlab yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar 2 yilda bir marta malaka oshirishga majbur bo‘ladi. Bu haqda KUN.UZ’ga Adliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur o‘zgarish Ichki ishlar vazirligining taklifi asosida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 sentabrdagi qarori bilan kiritilgan.
Qarorning maqsadi yo‘l harakati xavfsizligini, fuqarolar hayoti va salomatligini ta'minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish choralarini kuchaytirish, shuningdek o‘quv jarayoniga innovatsiya uslublarini joriy etish yo‘li bilan yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan haydovchilarning malakasini oshirish tartibini takomillashtirishdan iborat.
Qarorga ko‘ra haydovchilar malakasini oshirish tadbirlari ish beruvchilarning o‘z mablag‘lari, byudjyet tashkilotlarida esa - byudjyetdan tashqari mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi.
Yakunda malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risida sertifikat beriladi. Bunday sertifikatlarni beruvchi yagona tashkilot Avtotest hisoblanadi. Aynan shu kompaniya yil boshidan yuridik shaxslarning avtomobilini boshqaradigan haydovchilarga sertifikat berish huquqini qo‘lga kiritgan.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
10:42 / 01.05.2025