O‘zbekiston | 17:44 / 31.12.2017
72179
8 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz tasnifi: 2017 yil O‘zbekistonda yuz bergan baxtsiz voqealar

2017 yil har tomonlama jadal olib borilayotgan islohotlar bilan yodda qolishidan tashqari yuz bergan turli fojialar bilan ham tarixda qoldi. Kun.uz tasnifi bo‘yicha 2017 yilda O‘zbekistonda yuz bergan baxtsiz voqealar sarhisob qilindi.

Yilning ilk kunlarida Qamchiq dovonida yuz bergan mudhish voqea haqida turli mishmishlar tarqaldi. Internet foydalanuvchilarining yozishicha, Qirg‘izistonda 23 yanvar kuni yuz bergan yer silkinishi oqibatida kuchli ko‘chki ro‘y berib, Qamchiq dovonidagi temir yo‘lga hamda bu paytda temir yo‘ldan o‘tayotgan yuk poyezdining ustiga tushgandi. Qamchiq dovonida poyezdlar qatnovining to‘xtatilishi hamda qutqaruvchilar otryadlarining navbatchiligiga Qirg‘izistondagi zilzila tufayli ro‘y bergan ko‘chki sabab bo‘lgani haqida ma'lumot tasdiqlandi, rasmiy izoh berilmadi.

Shuningdek, Andijon shahridagi «O‘zbegim» savdo markazida yosh bolakay to‘rt qavatli bino balandligidan yerto‘ladagi kafel ustiga tushgan. Uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. Ma'lum qilinishicha, eskalatordan ko‘tarilayotgan ona bolasini qo‘lidan tushirib yuborgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu hodisaga nisbatan turli fikr va munosabat bildirdi.

Kartinki po zaprosu Farg‘onaazot

23 fevral kunining ikkinchi yarmida, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahridagi «Farg‘onaazot» korxonasining ammiak sexida ro‘y bergan portlash 6 kishi halok bo‘lgan va 12 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgandi. Ularning barchasi ammiak sexida montaj-ta'mirlash ishlarini olib borayotgan ishchilar bo‘lgan. Qurbonlarning 3 nafari Farg‘ona shahrida yashagan, yana 3 nafari Toshloq tumanidan bo‘lgan.

23 fevral kuni Toshkent shahar, Chilonzor tumani, S-mavzesi, Cho‘pon Ota ko‘chasi 28A-uyda joylashgan ma'muriy binoda sodir bo‘lgan yong‘in haqida maxsus xabarnoma e'lon qilindi. Ko‘rsatilgan manzilga, soat 16dan 46 daqiqa o‘tganda, Chilonzor tumanini yong‘indan muhofaza qiluvchi 16 HYoHQdan 2ta jangovar yong‘in o‘chirish avtoekipajlari yetib borgan vaqtda, binoning 1, 2 va 3 qavatlari ochiq alanga bilan yonayotgani ma'lum bo‘ldi hamda yordamga qo‘shimcha yong‘in o‘chirish avtoekipajlarni chiqarilishi so‘raldi.

Shuningdek, soat 17dan 13 daqiqa o‘tganda, Yong‘in o‘chirish rahbari tomonidan 2 maxsus chaqiriq e'lon qilinib, yong‘in joyiga qo‘shimcha ravishda Chilonzor tumanini yong‘indan muhofaza qiluvchi 17 HYoHQdan 2ta, Yakkasaroy tumanini yong‘indan muhofaza qiluvchi 21 HYoXQdan 2ta, Uchtepa, Mirobod va Shayxontohur tumanlarini yong‘indan muhofaza qiluvchi 1,2,6 va 13 HYoHQlardan bittadan hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB RIOdan 2ta jangovar yong‘in o‘chirish va 3ta maxsus avtoekipajlari yo‘llangan. Jangovar avtoekipaj shaxsiy tarkibi tomonidan ko‘rilgan chora va tezkor harakatlar natijasida, yong‘in 18dan 06 daqiqa o‘tganda qurshab olinib, soat 18dan 16 daqiqa o‘tganda butunlay o‘chirilishiga erishildi. Yong‘in vaqtida yong‘in o‘chiruvchilar tomonidan 70 nafar ishchi-xizmatchi qutqarilib, shulardan 14 nafari Respublika Shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish markaziga olib borilgan.

Kartinki po zaprosu noji na ruke
Illyustrativ surat. Foto: flickr

4 aprel kuni Qarshi shahridagi 4-sonli o‘rta maktabda qotillik sodir etildi. Kun.uz nashrining bir necha manbalari ma'lumot berishicha, shu maktabda biologiya fanidan dars berib kelgan Muhabbat Ko‘chimova qotillik qurboni bo‘lgan. 29 yoshda bo‘lgan bu ayol o‘z turmush o‘rtog‘i tomonidan tig‘li qurol orqali o‘ldirilgan. Voqea barcha darsdaligida ro‘y bergan, shu tufayli qotillikning oldini olib qolib bo‘lmagan. Ko‘chimova shu kuni maktabda navbatchi edi.

Kartinki po zaprosu Samsung Galaxy J7 na ruke jyenshchina
Illyustrativ surat. Foto: samtech

13 iyul kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida hojatxonada og‘ir gazdan zaharlanish sodir bo‘lgan. Ushbu xonadonda yashovchi fuqaro G.Musaboyeva Samsung Galaxy G7 uyali telefonini uyidagi hojatxonaga tushirib yuborgan. Shu kuni Musaboyeva tomonidan yollangan ishchilar A.Qirg‘izboyev va O.Murzaliyev telefonni olib chiqish uchun birin-ketin hojatxona tubiga narvon yordamida tushishgan va og‘ir gazdan zaharlanib, hushdan ketishgan. Shifokor yollanma ishchilarni qutqarib olish uchun hojatxona tubiga tushayotib zaharlanib, hushini yo‘qotgan.

Namangan viloyati FVB Qutqaruv otryadi qutqaruvchilari kelib tushgan xabardan so‘ng qisqa muddat ichida voqea joyiga yetib borib, vafot etganlarni hojatxona tubidan olib chiqishgan.

Illyustrativ surat. Foto: flickr

18 mart kuni tonggi soat 3:00 atrofida Qo‘qon shahriga yondosh joylashgan Dang‘ara tumani hududidagi Oydin ko‘chasi, 78 uyda gaz portlagan. Portlashga gaz tez-tez o‘chishi oqibatida gaz to‘planib qolgani sabab bo‘lgan. Rasmiy xabarga ko‘ra, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro Q.Rajabovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lgandi. Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasinining turmush o‘rtog‘i hamda farzandlari — 2009 yilda va 2013 yilda tug‘ilgan o‘g‘illarining kuygan holdagi jasadlari topilgan. Bundan tashqari, boshqa hodisada jabrlangan 20 yashar Sheraliyev Abu Bakr va Sheraliyev Bilolning holati shifokorlar tomonidan o‘ta og‘ir deb baholangandi. Jabrlanuvchilar Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida jon berdi.

Kun.uz muxbiri farzand dog‘ida kuygan ota-ona bilan suhbat qurdi.

Sobiq ichki ishlar xodimi aks etgan videoda u o‘z farzandini bir necha daqiqa davomida xo‘rlaydi. U qizchani tinimsiz urish davomida qattiq haqoratlaydi va uyidan haydaydi. Bu voqea markaziy telekanal orqali namoyish etilgach, katta muzokaralarga sabab bo‘ldi.

Kartinki po zaprosu Toshkentda bir oilaning uch qizi birin-ketin vafot etdi
Illyustrativ surat. Foto: shutterstock

Noyabr oyida Toshkent shahri, Olmazor tumani, Beshqo‘rg‘on mavzei (Tansiqboyev-3)da yashovchi oilaning uch norasida farzandi ketma-ket vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu oilani yaqindan tanigan qo‘shnilarning so‘zlariga ko‘ra, qizlar qiyma kabob tanovul qilganidan so‘ng qorinda og‘riq paydo bo‘lganini aytishgan. Keyin esa og‘riq qoldiruvchi dori iste'mol qilishgan. Biroq biroz vaqt o‘tgach, qizlarning ahvoli yanada og‘irlashadi va ulardan birining joni «tez yordam» mashinasida uziladi. Qolgan qizlarning ham ahvoli og‘ir bo‘lganligi sabab yuqumli kasalliklar shifoxonasiga jo‘natiladi. Ma'lum bo‘lishicha, ular ham birin-ketin vafot etishgan.

Mavzuga oid