Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi ichimlik suvi uchun 100 foiz oldindan haq to‘lanadi
1 yanvardan boshlab barcha guruh iste'molchilariga suv ta'minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish 100 foizlik oldindan haq to‘lash asosida amalga oshiriladi. Oldindan haq to‘lanmagan hollarda, mazkur iste'molchilarga nisbatan belgilangan tartibda suv ta'minoti va suv chiqarish tizimidan to‘liq uzishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonida ma'lumot berilgan.
Ma'lum qilinishicha, suv ta'minoti va suv chiqarish tizimidan ilgari uzib qo‘yilgan shaxslarni qayta ulashda I guruh iste'molchilaridan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida, II va III guruh iste'molchilaridan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida to‘lov qayta ulashni amalga oshirgan tashkilot hisobiga mablag‘larni o‘tkazish orqali undiriladi. Iste'molchi esa suv iste'molini hisobga olish uskunalarining lozim darajada ekspluatatsiya qilinishi va sozligi uchun javobgar bo‘ladi.
Farmonda to‘planib qolgan tizimli muammo va kamchiliklar debitor qarzdorlikni kamaytirishga, to‘lov intizomini mustahkamlashga va tarmoqning yanada rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgani ta'kidlangan.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
20:39 / 01.05.2025
Quvurlardan kelayotgan suv ichishga yaroqli ekani aytildi
19:20 / 25.04.2025
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda
12:07 / 15.04.2025