Jahon | 18:40 / 01.01.2018
14516
2 daqiqa o‘qiladi

Eron prezidenti xalqni namoyishchilarga qarshi undadi

Foto: AFP

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakat xalqi ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarayotgan bir toifa kishilarni bartaraf eta olishiga ishonch bildirdi.

«Bizning xalqimiz bu turli shiorlar kuylab, eronliklarni hamda inqilobimizni haqoratlayotgan kamchilikni yengadi»,— deya Eron prezidenti so‘zlarini keltirgan «Interfaks».

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, Erondagi tartibsizliklar vaqtida halok bo‘lganlar soni 10 nafarni tashkil etmoqda.

Ommaviy tartibsizliklar 28 dekabr kuni Eronning eng yirik shaharlaridan biri Mashhadda boshlangandi. O‘sha kuni 200 kishi tuxum narxi keskin ko‘tarilishidan norozilik bildirgandi. Politsiya namoyishga chiqqanlarning 52 nafarini hibs qildi. Bu esa mamlakatda norozilik to‘lqinini paydo qildi va keyingi kunlarda Risht, Sheroz, Isfahon, Kirmonshoh va Hamadon shaharlarida yirik namoyishlar boshlandi.

Namoyishchilar politsiyachilarning avtomobillari va mototsikllariga o‘t qo‘yishmoqda, «diktatorga o‘lim» deya hayqirishmoqda. Ularning chiqishlari mamlakatning oliy diniy rahnamosi Ali Xomanaiyga, shuningdek, prezident Hasan Ruhoniyga qarshi qaratilgan.

Bundan avvalroq Hasan Ruhoniy namoyishlarga chiqish Eron fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqi ekanini aytgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid